Arendelle qirolligining yoş malikasi Anna opasi Elsaning taxtga çiqiş marosimida haqiqiy sevgi haqida orzu qiladi. Biroq taqdir uni xavfli sayohatga yuboradi: qirollikni qamrab olgan abadiy qişni tugatiş uçun u yöl çiqadi. Unga muz yetkazib beruvçi Kristoff, uning buğusi Sven va qor odam Olaf hamroh bölişadi. Sarguzaşt davomida qahramonlar döstlik, jasorat va oilaning haqiqiy maʼnosini tuşunib yetişadi.
Filmni Walt Disney Animation Studios studiyasi işlab çiqqan, rejissyorlari Chris Buck va Jennifer Lee. Kartina Hans Christian Andersenning «Qor malikasi» ertagiga asoslangan. Boş qahramonlarning ovozini Kristen Bell va Idina Menzel bergan, musiqasini Kristen Anderson-Lopez yozgan. Bu musiqiy fentezi komediya Amerika Qöşma Ştatlarida 2013-yil 27-noyabrda prokatga çiqqan. Film ikkita «Oskar» mukofotiga sazovor bölgan: «Eng yaxşi animatsion film» va «Let It Go» qoşiği uçun.
1Rollarda
·Ensiklopediyadan
Muzyurak (inglizça: Frozen) — 2013-yilda Walt Disney Pictures tomonidan işlangan 3D formatli musiqiy va fentezi janrlaridagi kompyuter-animatsion film. Kartina Disney animatsion filmlarining 53chi töliqmetrajli filmi bölib, film ğoyasi Hans Christian Andersenning „Qor malikasi“ hikoyasiga asoslangan hisoblanadi. Film voqealariga köra, Anna opasi Elsani (Qor malikasi) topiş ilinjida, Kristoff va uning buğusi Sven bilan birga yölga çiqişadi.
Muzyurak filmining premyerasi Amerika Qöşma Ştatlarida 22-noyabr 2013-yilda bölib ötdi. Film dunyo böylab $1.276 milliard jamğardi. Film AQŞ va Kanadada $400 million, Yaponiyada esa $247 millionni taşkil etadigan, jami $1.276 milliard daromadiga ega kartina hisoblanadi. Şunga köra, film daromadi böyiça 2013-yilning eng yuqori daromadli filmi, dunyo miqyosida 13chi eng yuqori daromadli film, faqat animatsion filmlar miqyosida esa Qirol Şer filmidan keyin 2chi eng yuqori daromadli animatsion film sanaladi. Kartina, şuningdek, ayol rejissorlik qilgan eng daromadli film ham hisoblanadi. Film röyxatni yangilamaganiga qadar, bu röyxatda Warner Bros. Pictures tomonidan işlangan Möjizakor ayol filmi turar edi.
2Syujeti
Arendelle malikasi Elsa sehrli kuçga ega bölib, bu kuç unga muz va qorni boşqariş va yaratişga imkon beradi,…
Arendelle malikasi Elsa sehrli kuçga ega bölib, bu kuç unga muz va qorni boşqariş va yaratişga imkon beradi, köpinça bu qobiliyatni u singlisi Anna bilan öynaş uçun işlatadi. Elsa tasodifan sehr-jodu bilan Annani jarohatlaganidan söng, ularning ota-onalari — Qirol va Qiroliça, ikkala farzandlari — Elsa va Annani Grand Pabbie boşçiligidagi trollar koloniyasiga olib borişadi. U Annani davolaydi, biroq Elsaning sehrgarlik qobiliyatuni unutişi uçun uning xotiralarini özgartiradi. Grand Pabbie Elsani öz kuçlarini boşqarişni örganişi kerakligini va qörquv uning eng katta duşmani bölişini ogohlantiradi. Qirol va Qiroliça ikkala opa-singillarini ham qasr içkarisida bir-birlari bilan uçraşişga yöl qöyişmaydi va qalʼa eşiklarini yopib qöyişadi. Singlisini tobora oldindan aytib bölmaydigan kuçlardan himoya qiliş maqsadida bölgan Elsa, Anna bilan barça aloqalarni töxtatadi va ular örtasida ziddiyat paydo böladi. Opa-singillar öspirin bölganida, ularning ota-onalari böron paytida dengizda yöqolgan.
21 yoşga tölganidan söng, Elsa Arendelle qiroliçasi sifatida kiyinişi kerak. U qirollik fuqarolari uning kuçi töğrisida bilib qolişidan va undan qörqişlaridan çöçiydi. Qalʼaning darvozalari köp yillar davomida ilk bor boşqa qirolliklardan keladigan mehmonlar va mahalliy aholiga oçildi. Mehmonlar orasida hiyla-nayrangli Weselton gersogi va janubiy orollar şahzodasi Hans ham bor. Hans va Anna bir qaraşda bir-birlarini sevib qolişdi. Anna va Hans, qasrda ötkazilayotgan tantanali marosimda romantik aloqani rivojlantiradilar va Hans beixtiyor Annaga turmuş qurişni taklif qiladi, biroq Elsa, Anna undan turmuşga çiqişni söraganda qarşi çiqadi. Xafa bölib, sarosimaga tuşgan Anna norozilik bildiradi hamda Elsadan bundan nega qörqişi va izolyatsiya sababini tuşuntirişini iltimos qiladi. Hissiy tanglik Elsani tasodifan mehmonlar oldida öz qobiliyatlarini işga solişiga olib keladi. Bu hodisadan söng, gersog tomonidan yirtqiç maxluq deb atalgan Elsa, Şimoliy toğga qoçib ketadi va u yerda nihoyat öz kuçini tan oladi va hayotini ötkaziş uçun muzli saroyni barpo etadi. Bu jarayonda uning sehri beixtiyor, Arendelleni abadiy qiş bilan qamrab oladi.
Anna Elsani topişga va qişni tugatişga undaş uçun qasrdan çiqişga jurʼat etdi va Hansga vaqtinça amalda hokimiyatni topşirdi. Uzoq safarga yöl olgan Anna, adaşib, Wandering Oakenga tegişli dökonda materiallar yiğib yuribdi. U Kristoff ismli muz yoruvçi va uning buğusi — Sven bilan uçraşib, toqqa çiqişga yordam berişini söraydi, ular esa oxir-oqibat rozi böladi. Börilar hujumi Kristoffning çanasini sinişiga olib keladi. Ular piyoda yurib, Elsa tomonidan bilmagan holda hayot berilgan qor odam — Olaf bilan uçraşişadi va u, özini saflariga qöşişni taklif qiladi. Boş tarafdan, Annaning oti, Annasiz Arendellega qaytib kelganda, Hans Anna va Elsani, gersogning askarlari hamrohligida, Elsani öldiriş böyiça maxfiy buyruq bilan topişga kirişdi.
Anna muz saroyiga yetib borgaç, Elsa bilan uçraşadi. Anna Arendellega nima bölganini aytib berganida, dahşatga tuşgan Elsa sehrini qanday bekor qilişni bilmasligini tan oladi. Uning qörquvi uning kuçlarini yana bir bor namoyon bölişiga olib keladi va u tasodifan Anna yuragini muzlatib, unga jiddiy şikast yetkazadi. Keyin Elsa Anna, Kristoff va Olafni quvib çiqaradigan Marşmallow nomli ulkan qor maxluqini yaratadi. Elsa sehrining Annaga taʼsirini anglagan Kristoff uni trollar, yaʼni uni asrab olgan oilasi yoniga olib boradi. Annani holatini körgan Grand Pabbie esa, sehrni faqat „chin muhabbat“ bekor qilişi mumkinligini, aksi bölsa, Anna muzlab qolişini aytadi.
Kristoff Annani zudlik bilam qasrga olib bormoqçi, çunki Hansning chin muhabbat timsolida Annadan olgan bösasi, uni qutqarişi mumkin. Hans va uning odamlari Elsaning saroyiga yetib boradilar, ular Marşmallowni mağlub etişadi va Elsani qölga olişadi. Keyin Anna Hansning yoniga yetib boradi (bu paytda, Hans qasrga qaytgan edi), biroq u Annadan bösa oliş örniga, aslida ikkala opa-singilni ham yöq qiliş orqali Arendelle taxtini egallaşni rejalaştirganligini aytadi. Hans Annani ölişi uçun xonaga qamab qöyadi. Keyin, Hans Annani öldi deb öylab, uni Elsa öldirdi, deb mulozimlarga aytiş orqali hokimiyatni qölga kiritadi. U qiroliça Elsani qatl etişni buyuradi, keyinçalik Elsaning hibsxonadan qoçib qutulganini bilib oladi.
Olaf Annani ozod qiladi. Olaf Annaga, unga oşiq bölgan Kristoff bilan uçraşişni aytib, böron bölayotgan taşqariga çiqişga urinişadi. Hans Elsani ortidan taʼqib qilib, unga „Annani Elsa öldirganligini“ aytadi, Elsa buni eşitgan zahoti böronni tösatdan töxtatdi. Keyin, Anna Elsani öldirmoqçi bölgan Hansni kördi; u Hansni töxtatib, Hans tarafidan Elsa tomon borayotgan qiliçni qöli bilan töxtatadi, sababi u muzlab qolgan edi. Keyin Elsa, ğamga botib, Annani quçoqlaydi, uning Annaga bölgan muhabbati, Annaning muzlagan yuragini eritib, öz holiga qaytaradi.
Muhabbat uning sehrini boşqariş uçun kalit ekanligini anglagan Elsa, qişni tugatadi va iliq ob-havodan omon qoliş uçun Olafga şaxsiy doimo qor yoğadigan bulutça tuhfa etadi. Hans hibsga olingan va xiyonat uçun qirollikdan surgun qilingan, gersogning esa Arendelle bilan savdo aloqalari uzilgan. Anna Kristoffga yangi çana sovğa qiladi va ikkalasi ham bir-birlaridan bösa olişadi. Opa-singillar birlaşdilar hamda Elsa bundan buyoğiga, qalʼa eşiklarini boşqa yopmaslikka vaʼda berdi.
Titrdan keyingi sahnada, Marşmallow Elsaning taşlab yuborilgan tojini topadi. Keyin Marşmallow tojni boşining tepasiga qöyadi va tabassum qiladi.
3Ovoz berganlar
Kristen Bell —…

Kristen Bell — Anna:
18 yoşli qiz, Arendelle malikasi va Elsaning singlisi
Livvy Stubenrauç — 5 yoşli Anna
Katie Lopez — 5 yoşli Anna (aşulasi)
Agatha Lee Monn — 9 yoşli Anna
Idina Menzel — Elsa:
21 yoşli Arendelle qiroliçasi va Annaning opasi
Eva Bella — 8 yoşli Elsa
Spencer Lacey Ganus — 12 yoşli Elsa
Jonathan Groff — Kristoff:
Trollar tomonidan tarbiya olgan yigit, keyinçalik Annaning sevgilisi va Svenning (buğu) egasi
Tyree Brown — 8-yoşli Kristoff
Josh Gad — Olaf:
Elsa va Annaning bolaligida yasalgan va yozni orzu qiluvçi kulgili qorbola
Santino Fontana — Hans:
Southern Isles şahzodasi va Annaning soxta sevgilisi
Alan Tudyk — Duke of Weselton
Ciarán Hinds — Grand Pabbie
Trollar qiroli
Chris Williams — Oaken
Maia Wilson — Bulda:
Kristoffning trol onasi
Paul Briggs — Marşmallow:
Bahaybat qor maxluqi, Elsa barpo etgan muzli saroyni qöriqlaydi.
Maurice LaMarche — Arendelle qiroli
Anna va Elsaning otasi
Jennifer Lee — Arendelle qiroliçasi:
Anna va Elsaning onasi
4Qöşimça maʼlumot
Solomon, Charles. The Art of Frozen. San Francisco: Chronicle Books, 3-dekabr, 2013. ISBN 9781452117164. OCLC…
Solomon, Charles. The Art of Frozen. San Francisco: Chronicle Books, 3-dekabr, 2013. ISBN 9781452117164. OCLC 843955758.
Lee, Jennifer „Frozenʼs Final Shooting Draft“ (PDF). Walt Disney Animation Studios (2013). 1-aprel, 2014da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-fevral, 2014.
5Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB6Franşiza tartibida
30 film
7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Muzyurak» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



