16 yoşli Jim Hawkins kosmosga intiladi. Bir kuni uning qoliga afsonaviy Xazinalar sayyorasiga olib boradigan golografik karta tuşadi. Afsonaga köra, u yerda «ming dunyo boyligi» yaşirilgan. Jim kosmik qaroqçilar bilan birga galeonda sayohatga çiqadi. Kema oşpazi — kiborg John Silver unga kosmik böronlar va xavflarga qarşi kuraşni örgatadi.
Filmning rejissyorlari — Ron Clements va John Musker, ssenariy muallifi ham Ron Clements. Musiqasini James Newton Howard yozgan. Lentani Walt Disney Pictures studiyasi tarqatgan. Ilmiy fantastika janridagi bu animatsion film Robert Louis Stevensonning «Xazinalar oroli» romaniga asoslangan. U 2002-yilning 27-noyabrida AQŞda ekranlarga çiqdi, davomiyligi 91 daqiqa. Jim ovozini Joseph Gordon-Levitt, kapitan Amelia Smollet ovozini Emma Thompson bergan.
1Rollarda
·Ensiklopediyadan
Xazinalar sayyorasi (inglizça: Treasure Planet) 2002-yilda ekranlarga çiqarilgan ilmiy fantastika, sarguzaşt va jangari janrlaridagi animatsion filmdir. Walt Disney Pictures va Walt Disney Feature Animation studiyasi tomonidan işlangan, Buena Vista Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Film ğoyasi şotland yozuvçisi Robert Louis Stevensonning „Xazinalar oroli“ romaniga asoslangan. Film rejissorlari — John Musker va Ron Clements, ssenariy mualliflari — Ron Clements, John Musker va Rob Edwards. Filmda boş qahramonlarga Joseph Gordon-Levitt, Brian Murray, Emma Thompson, David Hyde Pierce, Martin Short, Michael Wincott, Laurie Metcalf, Roscoe Lee Browne va Patrick McGoohan ovoz bergan.
2Syujeti
Film jasur qahramon bölib ulğayayotgan bolakay Jim Hawkins haqida hikoya qiladi. Bolakay yoşligida ğayrioddiy…
Film jasur qahramon bölib ulğayayotgan bolakay Jim Hawkins haqida hikoya qiladi. Bolakay yoşligida ğayrioddiy hali heç kim topolmagan xazinalar va butun bir sayyorani topgan qaroqçi Flint haqida afsonalarni eşitgan. Jim vaqt ötgaç afsonalarni unutadi va odatiy hayotini yaşaşni davom etayotgan bir vaqtda u qulab tuşgan qaroqçiga yordam beradi qaroqçi xazinani unga beradi va söngra bu xazinani maxluqlarga bermasligini aytadi va joni uziladi. Şundan söng u yana xazinalar sayyorasini izlaşga kirişadi. Jimga ularning oilaviy dösti bölgan Delbert ham hamrohlik qiladi. Ammo xazina tomon boriş döstlar tasavvur qilgançalik oson bölmasligini bilmas edi. Sayohat davomida Jim oşpazga yordamçi böladi. Oşpaz Jimga sayohat davomida turli xil saboqlar bera boşlaydi. Jim oşpazga öz orzusi insonlar qoyil qolişi haqida aytadi. Şu vaqtda kema silkinadi va ular tomon turli xil jismlar uçib kela boşlaydi şunda ular qora tuynuk tomon ketayotganini sezib qolişadi. Ular qora tuynukdan omon qolişadi. Biroq janob Mr. Arrow qora tuynuk içida qolib ketadi. Şundan söng Brian Murray ning jamoasi qözğolon boşlaydi ular kapitanning xonasiga yaşirinib oladi ular esa eşikni buzib kirişadi. Xaritani oliş uçun Jim va kapitanning orttidan borişadi şunda Devil Jim bilan hazillaşib xaritani olib ketib qoladi. Jim Devilning ortidan boradi va xaritani olib kemadan ketadi. Yerga borgada aslida xarita aslida Devil bölib çiqadi. Bu vaqtda Kapitan yaralangan edi.
3Ovoz berganlar
Joseph Gordon-Levitt — Jim…
Joseph Gordon-Levitt — Jim Hawkins
Brian Murray — John Silver
David Hyde Pierce — Dr. Delbert Doppler
Emma Thompson — Kapitan Amelia Smollet
Martin Short — B.E.N.-J.A.M.I.N.
Roscoe Lee Browne — Mr. Arrow
Laurie Metcalf — Sarah Hawkins
Dane Davis — Morph
Michael Wincott — Scroop
Patrick McGoohan — Billy Bones
Peter Cullen — Kapitan Nathaniel Flint
Tony Jay — şarhlovçi
4Kadrlar
6
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB
6 · TMDB5Franşiza tartibida
30 film
6Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Xazinalar sayyorasi» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



