Hayao Miyazaki
Hayao Miyazaki (yaponça: 宮崎 駿 , 5-yanvar, 1941, Tokio) — yapon rejissyor-animatori, prodyuser, ssenarist, yozuvçi va mangaçi. Aviatsiya fabrikasi egasi xonadonida tavallud topgan. Bolaligidan manga va animatsion tasvirlar çizişga qiziqib kelgan. 1964-yilda Isao Takahata bilan tanişadi va keyinçalik birga Studio Ghibli studiyasiga asos soladi. Uzoq vaqt davomida ular köplab badiiy asarlar ustida iş olib boradilar.
Hayao Miyazaki 2014-yilda „animatsiya olamiga çuqur taʼsir körsatgani, rassomlarning butun avlodini uşbu sohada işlaşga ilhomlantirgani va uning çeksiz imkoniyatlarini yoritib kelgani uçun“ tanlovdan taşqari faxriy Oscar mukofotini qölga kiritgan.
1Taxalluslari
Miyazaki özining baʼzi asarlarini Akitsu Saburo yoki Terekomu taxalluslari bilan…
Miyazaki özining baʼzi asarlarini Akitsu Saburo yoki Terekomu taxalluslari bilan çiqargan.
2Ilk yillar
Hayao Miyazaki Tokio prefekturasining 23 ta maxsus tumanlaridan biri — Bunkyo-kudagi Akebono-ço kvartalida…

Hayao Miyazaki Tokio prefekturasining 23 ta maxsus tumanlaridan biri — Bunkyo-kudagi Akebono-ço kvartalida tuğilgan, tört aka-ukaning ikkinçisi edi. Uning otasi Katsuji Miyazaki uruş paytida A6M Zero samolyotlari uçun ehtiyot qismlar işlab çiqaradigan Miyazaki Airplane zavodining direktori bölgan. Otasining biznesi tufayli Miyazaki oilasi öziga töq yaşagan. Hayao bolaligidan uçar qurilmalarga mehr qöygan va keyinçalik bu uning ijodiga sezilarli taʼsir körsatgan. Uruş paytida, Hayao uç yoşga tölganida, oila Utsunomiya şahriga, Amerika qöşinlari şaharni bombardimon qilganidan keyin esa Kanumaga evakuatsiya qilingan.
3Filmografiya
15
| Yil | Nomi | Rol | |
|---|---|---|---|
![]() | 2023 | The Boy and the Heron | rejissyor |
![]() | 2013 | The Wind Rises | rejissyor |
![]() | 2011 | From Up on Poppy Hill | ssenariy muallifi |
![]() | 2010 | Arrietty | ssenariy muallifi |
![]() | 2008 | Qoyadagi baliqça Ponyo | rejissyor |
![]() | 2004 | Howlʼs Moving Castle | rejissyor |
![]() | 2001 | Ruhlar olami | rejissyor |
![]() | 1997 | Princess Mononoke | rejissyor |
![]() | 1995 | Whisper of the Heart | ssenariy muallifi |
![]() | 1992 | Porco Rosso | rejissyor |
![]() | 1989 | Kiki va eltuv xizmati | rejissyor |
![]() | 1988 | Mening qöşnim Totoro | rejissyor |
![]() | 1986 | Castle in the Sky | rejissyor |
![]() | 1984 | Nausicaä of the Valley of the Wind | rejissyor |
![]() | 1979 | The Castle of Cagliostro | rejissyor |
Matn: maqola «Hayao Miyazaki» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Foto: Natasha Baucas at https://www.flickr.com/photos/sdnatasha/ / CC BY 2.0 / Wikimedia Commons.














