⌕
Mening qöşnim Totoro
Film · Studio Ghibli Feature Films

Mening qöşnim Totoro

My Neighbor Totoro
1988 · fantaziya, drama · 86 daq
IMDb8.1🍅 93%87
▶ Treyler

Ikki qiz, Satsuki va Mei, otasi bilan birga qişloqdagi eski uyga köçib ötadi. Bu ularning onasi şifoxonada yotgani uçun, onasiga yaqinroq böliş niyatida qilingan qaror. Qizlar yangi uy atrofidagi daraxtlarda örmon ruhlari — Totoro yaşayotganini bilib qoladi. Örmon ruhlari örmon saqlovçilari hisoblanadi, ularning boşida qudratli va mehribon Totoro turadi. Asta-sekin Totoro qizlarning dostiga aylanadi va ularga kundalik sarguzaştlarida yordam beradi.

Filmning ssenariysini va rejissyorlikni Hayao Miyazaki qilgan, musiqasini Joe Hisaishi yozgan. Animatsiyasini Studio Ghibli tayyorlagan. Janri — fentezi va drama, hronometraji 86 daqiqa. Film 1988-yil 16-aprelda Yaponiyada çiqqan, AQŞda esa 1990-yil 13-iyulda tomoşabinlarga taqdim etilgan.

⇄ Boşqa film bilan solishtirish
1

Treylerlar

Mening qöşnim Totoro▶
2

Rollarda

·

Ensiklopediyadan

Mening qöşnim Totoro (yaponça: となりのトトロ — Tonari no Totoro) — Hayao Miyazaki tomonidan yozilgan va rejissorlik qilingan, Tokuma Şoten uçun Studio Ghibli tomonidan animatsiyalaştirilgan yapon animatsion fentezi filmi.

Film bir professorning ikki qizaloği — Satsuki hamda Meining uruş davridan sönggi Yaponiyada örmon ruhlari bilan döstona munosabatlari töğrisida hikoya qiladi.

Qahramonlarga dublyaj aktyorlari Noriko Hidaka, Çika Sakamoto va Hitoşi Takagilar ovoz bergan.

Animizm, Sintoizm simvologiyasi, tabiatsevarlik va qişloq hayotidan lazzatlaniş mavzulari kötarib çiqilgan “Mening qöşnim Totoro” multfilmi ekranlarga çiqqanidan boşlab ayni vaqtga qadar ijobiy tanqidiy baholar va butun dunyo böylab maşhurlik qozondi. Multfilm 2019-yil sentabrigaça jami 41 million AQŞ dollari töpladi.

Film taqdim etilganidan buyon disk va video şaklidagi taşuvçilar savdosidan umumiy 277 million AQŞ dollari hajmida, merçandayzingdan esa jami 1,46 milliard AQŞ dollari hajmida daromad olingan.

Mening qöşnim Totoro köplab mukofotlarga ham sazovor bölgan. Ular orasida Animage Grand Prix, Mainiçi Film Award va 1988-yilning Eng yaxşi filmi nominatsiyasida Kinema Junpo Award mukofotlari bor. Şu yili multfilm Blue Ribbon Awards doirasida maxsus mukofotga ham munosib köriladi. Multfilm, şuningdek, köplab nomdor naşrlar tomonidan tuzilgan reyting röyxatlaridan muntazam joy olib keladi.

Totoro timsoli Studio Ghibli ramzi sanaladi.

3

Ssenariy

1950-yillar Yaponiyasida professor Tatsuo Kusakabe va uning ikki qizi — Satsuki va Mei (taxminan 10 va 4…
Mening qöşnim Totoro
Kadr: «Mening qöşnim Totoro»TMDB

1950-yillar Yaponiyasida professor Tatsuo Kusakabe va uning ikki qizi — Satsuki va Mei (taxminan 10 va 4 yoşlardagi qizaloqlar) onasi — Yasuko davolanayotgan şifoxona yaqinidagi eski uyga köçib ötadilar. Uyni susuwatari deb nomlangan kiçik, qora, çangga öxşaş beozor ruhlar ham makon qilgandi. Qizaloqlar uyni tozalaşgaç, susuwatari uyni tark etib, boşqa eski uy qidirib ketişadi.

Kunlardan bir kun Mei katta kamfor daraxti tomon harakatlanayotgan kiçik ruhlarni körib qoladi. U bahaybatroq örmon ruhi bilan döstlaşib oladi. Bu ruhning baqiriqlarini va ruhning özini Mei „Totoro“ deb nomlab oladi. Mei Totorini tasvirli kitobçadagi Troll deb öylaydi. U Totoroning ustida uxlab qoladi, lekin uning opasi Satsuki qizaloqni yer ustidan topadi. Meining katta daraxtni oila aʼzolariga topib, körsatişi urinişlari besamar ketadi. Tatsuo qizi Totoroni çaqirişi bilan u kelişini aytib ovuntiradi.

Yomğirli tunlarning birida qizaloqlar otasi Tatsuoning keçikayotgan avtobusini kutib qoladilar. Mei Satsukining yelkasiga osilgança uxlab qoladi. Totoro ularning yonida paydo böladi va Satsuki uni birinçi marta körib qoladi. Totoro yomğirdan özini pana qiliş uçun bir bargni tutib olganini körgaç, Satsuki unga otasi uçun olgan soyabonini berib turadi. Bundan xursand bölgan Totoro unga yonğoqlar va daraxt uruğlarini beradi. Biroz vaqt ötgaç, Tatsuoning avtobusi yaqinlaşadi.

Daraxt uruğlarini ekişganidan söng oradan bir neça kun ötgaç, qizaloqlar yarim tunda Totoro va uning hamkasblari daraxtlar ekilgan joyda marosim raqsiga tuşayotganlarining guvohi bölişadi. Mei va Satsuki ularning davrasiga qöşiladi va uruğlar bahaybat daraxtga aylanib ösa boşlaydi.Onasi Yasukoning muolajalari çözilib ketişini bilgan Mei opasi Satsuki bilan xafalaşib qoladi va yöqolib qoladi. Satsuki Totoroni yordamga çaqiradi. Örmon ruhlari Muşukbusni çorlab, Meini topadilar. Opa-singillar şifoxona derazasi tokçasida onasi uçun qaynatilgan jöxori yemagini qoldirib ketişadi.

Multfilm söngida Yatsuko oilasi bağriga qaytadi. Boşqa bolakaylar bilan quvnab öynayotgan qizaloqlarni Totoro va uning döstlari uzoqdan kuzatib turadilar.

4

Totoro mavjudoti töğrisida

Totoro (yaponça: トトロ) — örmon himoyaçisi bölib, u kulrang rangdagi bahaybat, momiq jonzot şaklida…

Totoro (yaponça: トトロ) — örmon himoyaçisi bölib, u kulrang rangdagi bahaybat, momiq jonzot şaklida gavdalanadi. Totoro töğridan-töğri yapon xalq folkloridan olinmagan bölib, uni töliq Hayao Miyazakining özi öylab topgan.

Miyazakining taʼkidlaşiça, bu jonzot yumşoq momiq bilan qoplangan va katta ukki (tunda faollaşuvi, çiqaradigan ovozlari öxşaşligi), börsiq va ayiq (ölçami, tana tuzilişi öxşaşligi) qöşilmasidir.

5

Musiqasi

Multfilm uçun musiqani bastakor Joe Hisaishi yozgan. Miyazaki bilan „Navsikaya — şamollar vodiysi“ va…

Multfilm uçun musiqani bastakor Joe Hisaishi yozgan. Miyazaki bilan „Navsikaya — şamollar vodiysi“ va „Osmondagi qasr“ loyihalarida birga işlagan Hisaishi Terry Riley, Philip Glass, Steve Reiç, Stockhausen va John Gage ijodidan ilhomlangan. Multfilm uçun orkestr yordamida musiqa yozib olingan.

Boş mavzuviy qöşiq - Tonari no Totoro saundtreki Tokuma Şoten kompaniyasi tomonidan 1988-yil 1-mayda ilk bor omma eʼtiboriga havola qilinadi.

7

Franşiza tartibida

22 film
8

Öxşaş filmlar

Matn: maqola «Mening qo‘shnim Totoro» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.

▶ Treylerni körish↗
Film yangiliklarini qoldirmang«Kuzatish» tugmasini bosing — yangi treyler, sana va kinoteatrlarga çiqişi haqida xabar beramiz.