«Howlʼs Moving Castle» filmida şlyapa dökonida işlovçi yoş Sophie oddiy hayot keçiradi, lekin yovuz jodugar uni qari kampirga aylantirib qöyadi. Uyini tark etgan qiz jodudan qutuliş uçun Yovvoyi Daştga yöl oladi va yölda oyoqlarda turgan ğalati uyga duç keladi, u yerda sehrgar Howl bilan tanişadi.
Filmni Hayao Miyazaki suratga oldi va ssenariysini ham u yozgan, musiqasini Joe Hisaishi bajargan. Kartina Diana Wynne Jonesning şu nomli romani asosida yaratilgan. Fentezi va sarguzaşt janridagi bu animatsion film Studio Ghibli tomonidan 2004-yilda çiqarilgan, davomiyligi 119 daqiqa. Film 78-Oscar mukofotida «Eng yaxşi animatsion töliq metrajli film» uçun nomzod bölgan, lekin «Wallace & Gromit: The Curse of the Were-Rabbit» ga yutqazgan.
1Treylerlar
▶·Ensiklopediyadan
Howlʼs Moving Castle (yaponça: ハウルの動く城, Hauru no igoku şiru, tarjimasi „Howlning harakatlanuvçi qalʼasi“) – töliq metrajli anime, Ghibli studiyasi tomonidan 2004-yil çiqarilgan. Yapon rejissyori Hayao Miyazaki tomonidan ingliz yozuvçisi Diana Wynne Jonesning huddi şu nomli romanidan ilhomlanib yaratilgan. 78-Oscar mukofotiga „Eng yaxşi animatsion töliq metrajli film“ uçun nomzod bölgan, lekin „Wallace & Gromit: The Curse of the Were-Rabbit“ ga yutqazgan. Miyazaki sözlariga köra, Howl qalʼasi rus ertaklaridagi tovuq oyoqli kulbadir.
3Syujeti
Qizlar qalbini „öğirlaş“ bilan maşhur bölgan sirli sehrgar Howlning harakatlanuvçi qalʼasi şlyapaçi…
Qizlar qalbini „öğirlaş“ bilan maşhur bölgan sirli sehrgar Howlning harakatlanuvçi qalʼasi şlyapaçi Sophiening şahri yaqinida paydo bölganda qizning kamtarona hayoti butunlay özgaradi. Bu moviy közli yigit uni ikki harbiyning taʼqibidan qutqarib, sevib qoladi. Biroq, yigit bilan bunday hayajonli sayr yoş şlyapaçi qizdan uning gözalligi va yoşligini talab qiladi.
Sophie Howl bilan uçraşgan kuni keçasi Sophiening uyida raşkçi Taşlandiq ölka Jodugari paydo böladi va qizni kampirga aylantirib qöyadi. Bu voqeadan söng Sophie uyini tark etadi va jodudan halos böliş uçun şar taşqarisi tomon yöl oladi. Yölda u dala qöriqçisiga – Şaxzoda Justinga duç keladi, Sophie uni „şolğom boş“ deb ataydi. Qöriqçi Sophieni ğalati binoga – Howl qalʼasiga kirişiga yordam beradi. „Buvijon“ Sofphie, qalʼa egasidan ruxsat söramasdan, özini özi pölatdan yasalgan „tovuq oyoqlari“ ustidagi ğalati bahaybat köçma uyning tozalovçisi qilib tayinlaydi. Vaqt ötişi bilan biroz ğalati bölsa ham qiz qalʼada oila topadi. Qalʼada olovli iblis Kalsifer, Howlning şogirdi Markl va kuçli yoş sehrgar, qalʼaning egasi Howl yaşaydi. Sophie Taşlandiq ölka Jodugarining laʼnatini özidan olib taşlaşni xohlaydi, lekin bu afsunni amalga oşirgan jodugar ham jodudan uni halos qila olmaydi. Bundan taşqari, jodu Howlni, Kalsiferni, dala qöriqçisini va hatto jodugarning özini ham laʼnatlagani maʼlum böladi. Laʼnatlar sirlarini oçiş va ularni yöq qiliş uçun qahramonlar köp sinov va sarguzaştlarni boşdan keçirişadi.
4Boş qahramonlar
Sophie Hatter (yaponça: ソフィー・ハッター, Sofī Hattā) – filmning boş qahramoni, uzun qora örim soçli, şlyapa…

Sophie Hatter (yaponça: ソフィー・ハッター, Sofī Hattā) – filmning boş qahramoni, uzun qora örim soçli, şlyapa dökonida işlovçi, mehnatsevar va kamtar ön sakkiz yoşli qiz. U özini sodda va hunuk „kulrang siçqon“ deb hisoblaydi. Uning quvnoq singlisi Letti şaharning „Sezarlar“ nomli eng zör pişiriq-kafesida işlaydi va özining jozibasi bilan köp mijozlarni eʼtiborini tortadi. Barça özgarişlar Sophie sirli sehrgar Howl bilan uçraşganda sodir böladi, şundan söng Taşlandiq ölka Jodugari qizni laʼnatlaydi va qari kampirga aylantirib qöyadi. Uning haqiqiy yoshi uhlayotganda va yana qaçonki qizning yuragi sevgi bilan tölsa qaytib keladi. Syujet davomida, jodu zaiflaşadi va Sophie asta-sekin yoşara boşlaydi, hikoyaning sönggida yana öz holiga qaytgan yoş Sophieda kalta va kulrang soçlar qoladi (örim soçini Kalsiferga berib yuborgan). Howlning harakatlanuvçi qalʼasida böliş uning uçun butunlay yangi hayot va yangi sarguzaştlarni oçadi. Sophie – Miyazakining oxirgi filmlaridagi kabi tipik personaj: kuçli irodasi va öjar xarakteri bölgan, boşiga tuşadigan musibat va qiyinçiliklarni sabr va viqor bilan yenguvçi, gözal bölmagan qiz.
Ovoz bergan: Çieko Baişō
Howl (yaponça: ハウル, Hauru) – filmning boş qahramoni, qalʼaning sirli va jozibali xöjayini. Qudratli sehrgar, madam Sulimanning oxirgi şogirdlaridan biri. Gap-sözlarga köra, Howl gözal qizlarning yuragini öğirlaydi, lekin aslida u – olov iblisi Kalsifer bilan sirli bitim tuzgan yolğiz va kuçli afsungar. „Buvijon“ Sophie uning hayotiga kirib kelganida, avval uning qalʼasini tozalab yuradi, keyinçalik Howlni iblisga aylanişini töxtatişga harakat qiladi. Howl bolaligida yuragini Kalsiferga bergani uçun Kalsifer uning xizmatkoriga aylangani maʼlum böladi. Vaqt ötişi bilan Howl Sophiega heç kimga işonmagan sirlarini aytadi. Ohir-oqibat ular bir-birini sevib qoladi va jodudan halos böladi.
Ovoz bergan: Takuya Kimura
Kalsifer (yaponça: カルシファー, Karuşifā) – yoqimtoy olov iblisi, Howl qalʼasining öçoğida yaşaydi. U dumaloq közlari, çözilgan oğzi va olovli qöllari bilan haqiqiy olov şariga öxşaydi. Ovqat va ötin bilan oziqlanadi. Howl bilan kelişuv tuzgan: Kalsifer qalʼni tark etmasdan uni harakatga keltirişi kerak va Howl, öz navbatida, Kalsiferning kuçidan foydalanadi.
5Çiqarilişi
Film butun dunyo böylab kassada 235 million AQŞ dollari atrofida daromad…
Film butun dunyo böylab kassada 235 million AQŞ dollari atrofida daromad keltirdi.
6Mukofotlar va nominatsiyalari
2004 – Venetsiya kinofestivalida „Golden Osella“…

2004 – Venetsiya kinofestivalida „Golden Osella“ mukofoti
2005 – eng yaxşi anime filmi uçun Tokio Anime mukofoti
2006 – eng yaxşi animatsion film uçun „MTV-Rossiya“ mukofotiga nomzod
2006 – Eng yaxşi animatsion film uçun „Oskar“ ga nomzod (Hayao Miyazaki)
2006 – Eng yaxşi animatsion film uçun „Saturn“ mukofotiga nomzod
2006 – „Annie“ mukofotining uçta nominatsiyasi: eng yaxşi animatsion film, eng yaxşi rejissyor (Hayao Miyazaki), eng yaxşi ssenariy (Hayao Miyazaki)
2006 – Italiya milliy kinojurnalistlari sindikatining „Eng yaxşi xorijiy film rejissyori“ uçun „Kumuş lenta“ mukofotiga nomzod (Hayao Miyazaki)
2007 – Eng yaxşi ssenariy uçun „Nebula“ mukofoti (Hayao Miyazaki, Donald Xuitt, Sindie Devis Xuitt)
7Kadrlar
4
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB8Franşiza tartibida
22 film
9Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Howl's Moving Castle» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.


