Bruklinning Brayton Biç hududida bir özi yaşovçi keksa beva Sara Goldfarb kunlarini televizor qarşisida ötkazadi. Sevimli teledasturga taklif qilinişi uning hayotiga yangi maʼno beradi. Ogli Garri dösti Tayron bilan tez boyish haqida orzu qiladi, Garrining sevgilisi Merion esa öz moda dökonini oçişni xohlaydi. Har bir qahramon orzusiga öz yoli bilan intiladi, ammo bu yollar kutilmagan tarzda murakkablaşadi.
Filmni Darren Aronofsky suratga olgan va ssenariysini ham özi yozgan. Asos Hubert Selby Jr.ning şu nomli romani. Boş rollarda Ellen Burstyn, Jared Leto, Jennifer Connelly va Marlon Wayans ijro etgan, musiqasini Clint Mansell yozgan. Psixologik drama janridagi kartina Thousand Words studiyasi tomonidan tayyorlangan va AQŞda 2000-yil 27-oktabrda prokatga çiqqan. Ellen Burstyn 2001-yilda «Oskar» va «Oltin globus» mukofotlariga nominatsiyalangan.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Ellen Burstyn, Jared Leto, Jennifer Connelly
·Ensiklopediyadan
"Orzu uçun rekviem" (inglizça: Requiem for a Dream) — Hubert Selby, Jr. (Hyubert Selbi)ning romaniga olingan Darren Aronofsky (Darren Aronofski)ning dramasi. Boş rollarda Ellen Burstyn (Ellen Byorstin), Jared Leto, Jennifer Connelly (Jennifer Konneli) va Marlon Wayans (Marlon Uayans). Ellen Burstyn 2000-yilning eng yaxşi ayol roli kategoriyasida „Oskar“ga nominatsiyalanadi. Filmda personajlarning orzular olamida uşlab turuvçi qaramliklarning har xil körinişlari körsatiladi. Söng esa orzular haqiqiy hayot bilan vayron etiladi.
3Syujeti
Boş qahramonlar – ona va öğil, Sara (Ellen Byorstin) va Garri Goldfarb (Jared Leto), Garrining yoqtirgan qizi…
Boş qahramonlar – ona va öğil, Sara (Ellen Byorstin) va Garri Goldfarb (Jared Leto), Garrining yoqtirgan qizi Merion Silver (Jennifer Konneli) va Garrining dösti Tayron Lav (Uayans). Film va romandagi harakat yilning uç fasli davomida röy beradi: yozda, kuzda va qişda.
Voqea yozda, Saradan boşlanadi. Sara – Brayton Biç (Bruklin)da bir özi yaşovçi keksa beva, u butun vaqtini televizor oldida bir xil körsatuvni körib ötkazadi. Uni faqat şokolad va boşqa nosoğlom yeguliklar tinçlantiradi. Garri baʼzan uning uyida televizorni öğirlab, unga tuşgan pullarga geroin sotib oliş uçun paydo böladi.
Unga „Malin va Blok“ telestudiyasidan qönğiroq qilişganda (uning aytişi böyiça), uning hayoti yangiça maʼno kasb etadi. Sara uni teledasturga taklif qilişganiga işonadi. U dasturga özining sevimli qizil köylagini kiymoqçi böladi, ammo köylak unga torlik qilib qolgan böladi. Muvaffaqiyatsiz parhezdan söng u dugonalarining maslahati bilan oziş uçun dorilarni qabul qila boşlaydi va soçini yorqin qizil rangga böyaydi. U dorilaga reseptni işonçsiz şifokordan oladi. Garri bir safar onasini körişga kelganida dorilar tarkibida narkotik stimulyatorlar (balki amfetamin bor bölişi mumkinligini aytadi va undan dorilarni isteʼmol qilişni töxtatişini söraydi. Sara jöşqin monologda Garriga eri vafotidan söng köp yillar yolğiz bölganini tuşuntiradi. Taşlangan vazn va televideniyeda çiqiş imkoni dugonlari közida uning obrösini oşirişini, televizorda çiqiş esa uning hayotiga yangiça maʼno kasb etişini tuşuntiradi. Garri uni köproq ziyorat qilişga va Merion bilan taniştirişga vaʼda beradi. Uyiga bölgan yölda Garri vahimaga beriladi, ammo dozasini qabul qilgaç tinçlanadi.
Bu paytda Garri va Tayron narkotiklarni sotib pul işlay boşlaşadi. Garri va Merion kelajak haqidagi orzularga berilişadi – ular dökon oçib Merionning tikuv işlarini sotiş bilan şuğullanmoqçi bölişadi. Tayron yangi yutuqlarda köça hayotining ayovsiz haqiqatidan qoçiş imkoniyatini köradi.
Kuz kelişi bilan Sara özining dorilaridan borgan sari köproq boğlanib qolaveradi, dozasini doimiy ravişda köpaytirveradi va unda gallusinatsiyalar boşlanadi. U bu haqda şifokorga aytganida, şifokor unga diazepamni yozib beradi. Uning gallusinatsiyalari borgan sari kuçliroq va daxşatliroq bölib, tez orada u hayot bilan aloqani umuman yöqotadi.
Boşqa personajlarning orzulari ham oz ötmay vayron böladi. Tayronni hibsga olişadi, uning dösti va narkotiklarning asosiy taʼminlovçisi Brodini esa öldirişadi. Garri va Merion yiğayotgan pullarini Tayronni turmadan ozod etiş uçun sarflaşadi. Keyingi bir neça oy içida dozani topiş qiyinlaşib boradi, çunki geroinni odatdagi manbalardan olib bölmaydi. Ular endi har kuni dozasini sotib olib, kelejakdagi orzularini esdan çiqarişadi. Geroin ularning hayotini boşqargan sari Garri va Merionning munosabatlari vayron böladi; ohiriga yaqin narkotiklar uçun pul topiş uçun Garri Merionni uning sobiq terapevti bilan jinsiy aloqa qilişga undaydi.
Narkotiklar oz sonda qolgan dilerlardan birida böladi, ularda hali yuqori sifatli geroin qolgan böladi va ular Rojdestvoga yaqin döstlariga sovğa qilmoqçi böladilar. Mahsulotlar dökonining omborida bölib ötgan uçraşuvida Garri va Tayron narkotik sotib olmoqçi bölişadi, ammo ayuovsiz töqnaşuvdan kelişuv buziladi. Merion bu paytda uyda kutayotgan bölib, siniş taʼsiridan özining sobiq çizmalari va uy jihozlarini yöq qiladi.
Sara eng katta dozasidagi dorilarni qabul qiladi va unda dahşatli gallyusinatsiyalar boşlanadi. Gallyusinatsiyalar vaqtida uning sevimli teledasturining studiyasi uning xonadonini ayovsiz egallab oladi, tomoşabinlar va olib boruvçi esa uning odatlari ustidan kulişadi. Alal oqibat unga özining muzlatkiçi hujum qiladi. Sara bu körinişlardan dahşat ahvolida uyidan qoçadi va studiyaga yöl oladi.
Qişda oxirgi muvaffaqiyatsizlikdan tuşkunlikka tuşgan Garri va Tayron yopiq doirani buzmoqçi bölib, Floridaga otlanişadi. Ularning fikriça u yerda geroin köproq. Privalda Garri geroin sançgan qöli kuçli yalliğlanganini tuşunadi, ammo paydo bölgan jarohatga baribir nina sançadi. Yölda Garrining ahvoli juda yomonlaşadi, zaharlaniş esa köproq joylarga tarqaladi. Garri Merionga qönğiroq qilmoqçi böladi, ammo Tayron şifoxonaga borişga undaydi. Garrini körib şifokor uning giyohvand ekanligini darrov tuşunadi va davolovni ötkazmay Garri va Tayron haqida politsiyaga xabar beradi. Ikkalovini hibsga olişadi.
Bu vaqtda Merion geroin uçun sutenyor Kiçik Jonning oldiga boradi. U geroinni özining hirsini qondiriş evaziga beradi. Uçraşuvdan söng Kiçik Jon Merionga özi taşkil etayotgan keça haqida va u yerda köproq doza olişi mumkinligini aytadi. Avvaliga Merion rad etadi, ammo doza tamom bölganidan keyin öz fikrini özgartiradi.
Sarani telestudiyadagi dramatik insidentdan keyin psihiatrik şifoxonaga olib ketişadi. U yerda uni boğlab, dorilarni kiritişadi va kuçni qöllab ovqat yedirişadi.
Qamoqda Garri özining yagona qönğiroğini Merion boğlaniş uçun sarf qiladi. Ular orasida dilniyorar suhbat bölib ötadi va ular munosabatlarini narkotiklarga qaramlik buzganini tan oladilar.
Hikoya yakunida tört qahramonning hayotlari tez va ayovsiz vayron böladi. Şifoxona va qamoqda davolanmaganligi tufayli yalliğlaniş gangrenaga ötib ketgani sababli Garrining qölini amputatsiya qilişadi. Sara yarimholsiz ahvolda imzolagan ruhsatnomasi tufayli elektroşok bilan davolanadi va butunlay reallik bilan aloqani yöqotadi. Tayron qamoqda qolib şafqatsiz sinişga duçor keladi va irqçi qamoq hodimlari tomonidan qiynoqlarga tortiladi. Merion Kiçik Jonning keçasiga keladi va geroin dozasini oliş uçun boşqa ayol bilan isqirt aloqaga kirişga majbur böladi.
Bundan söng film tört qahramonning taqdirlariga oxirgi nazar bilan yakunlanadi. Garri şifoxonada Merionni çaqirgan holda öziga keladi. Hamşira uni çaqirtirişga vaʼda beradi, ammo u tuşunadiki uni qaytarib bölmaydi, munosabatlarini esa tiklab bölmaydi. Sara ruhiy kasalxonada hayotsiz, qiynalgan qobiqqa aylanib qolgan. Tayron qamoqdagi özining birinçi tunida körsatilgan, u oğriqdan qiynalib, uzoq yillar avval yöqotilgan onasini eslab yotadi. Merion keçadan söng uyida divanda geroin paketini quçoqlagan holda, telba tabassum bilan yotadi. Sönggi kadrlar Saraning tuşini körsatadi: u uzoq kutgan şousida paydo böladi. U boş sovğani yutib oldi: uning öğli Garri – muvaffaqiyatga erişgan kişi. Ona va öğil bir-birini quçoqlaşadi va ommaning qöllov qiçqirişlari va sahna çiroqlarining yoruğligi ostida qançalik bir-birlarini yaxşi körişlarini aytadilar.
4Rollarda
Ellen Burstyn — Sara…
Ellen Burstyn — Sara Goldfarb
Jared Leto — Harry Goldfarb (Garri Goldfarb)
Jennifer Connelly — Marion Silver (Merion Silver)
Marlon Wayans — Tyrone C. Love (Tayron Lav)
Christopher McDonald — Tappy Tibbons (Teppi Tibbons)
5Suratga oliş guruhi
Rejissor: Darren Aronofsky (Darren…
Rejissor: Darren Aronofsky (Darren Aronofski)
Ssenariy muallifi: Hubert Selby, Jr. (Hyubert Selbi)
Operator: Mattew Libatik (Metyu Libatik)
Bastakor: Clint Mansell (Klint Mensell)
6Qiziqarli faktlar
Filmning yakuniy sahnasi kino tarixida eng larzaga keltiruvçi lavhalardan biri hisoblanadi. Bu sahnasi uçun…

Filmning yakuniy sahnasi kino tarixida eng larzaga keltiruvçi lavhalardan biri hisoblanadi. Bu sahnasi uçun film NC-17 yoş reytingini olgan.
Filmda 2000ta montaj yopiştiruvlari, bu filmdagi örtaça yopiştiruvlar sonidan 3-4-marta ortiq.
Rejissor „çidab bölmas tortiş“ („siniş“)ni yaxşi tuşunişligi uçun Jared Leto va Marlon Uayansdan 30 kun davomida şakar isteʼmol qilmaslikni va jinsiy aloqalardan saqlanişni söraydi.
Jared Leto suratga oliş jarayonlariga tayyorlaniş uçun 11 kilogramm vaznini yöqotadi va haqiqiy bruklinlik giyohvandlar bilan döstona munosabatda böladi.
Darren Aronofskining filmda kiçik kameo-roli mavjud: u Kiçik Jon majlisining iştirokçilaridan biri.
7Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB8Franşiza tartibida
30 film
9Öxşaş filmlar
Matn: maqola «Requiem for a Dream» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



