1913-yil. Şimoliy Germaniyadagi osoyişta protestant qişlogida ğalati voqealar boşlanadi. Yöldagi sim tufayli mahalliy şifokor otdan yiqiladi, baronning öğli kaltaklanadi, uylar yonadi, odamlar halok böladi. Bu tasodiflarmi yoki oldindan rejalaştirilgan harakatlarmi, darhol aniq bölmaydi. Yoş qişloq öqituvçisi esa bu ketma-ket hodisalar ortida nima turganini aniqlaşga urinadi.
Filmni avstriyalik rejissyor va ssenariy muallifi Michael Haneke suratga olgan. Asarda Ulrich Tukur, Josef Bierbichler, Susanne Lothar, Ursina Lardi va Christian Friedel rol ijro etadi. Qora-oq drama, tarixiy va detektiv janrlarining aralaşmasi bolib, studiya — Les Films du Losange. Film 2009-yil 21-mayda Cannes kinofestivalida premyerasini qildi va u yerda «Oltin palma novdasi» mukofotini qölga kiritdi. Germaniyada 2009-yil 15-oktabrda ekranlarga çiqdi.
1Treylerlar
▶2Rollarda
Ulrich Tukur, Josef Bierbichler, Susanne Lothar
·Ensiklopediyadan
The White Ribbon (Oq lenta; olmonça: Das weiße Band – Eine deutsçe Kindergesçiçte , „Oq lenta — nemis bolalari haqida hikoya“) — 2009-yilda ekranlarga çiqqan, ssenariy muallifi va rejissori Michael Haneke bölgan nemis detektiv drama filmidir. Oq-qora formatda suratga olingan uşbu kartina Birinçi jahon uruşi arafasida Şimoliy Germaniyadagi qişloqlardan birida yaşovçi aholining hayoti va oilaviy munosabatlaridagi oğir, qoronği jihatlarni oçib beradi. Hanekening sözlariga köra, film „yovuzlikning ildizlari haqida“ hikoya qiladi.
Film 2009-yilgi Cannes kinofestivalida boş mukofot „Oltin palma novdasi“ni qölga kiritdi, keyinçalik esa „Eng yaxşi xorijiy film“ nominatsiyasida „Oltin globus“ mukofotiga loyiq körildi. Şuningdek, 82-Oscar mukofotini topşiriş marosimida ikkita yönalişda „Eng yaxşi xorijiy film“ (Germaniya nomidan) hamda „Eng yaxşi operatorlik ishi“ (Christian Berger) nominatsiyalarida nomzod sifatida iştirok etdi.
3Syujeti
Ismi oşkor etilmagan keksa bir tikuvçi özining uzoq ötmişdagi mudhiş xotiralarini hikoya qila boşlaydi, öşa…
Ismi oşkor etilmagan keksa bir tikuvçi özining uzoq ötmişdagi mudhiş xotiralarini hikoya qila boşlaydi, öşa yillari u kiçik qişloq maktabida yoş öqituvçi bölib işlagan va Eva ismli enaga qiz bilan tanişgan edi. Barça sirli voqealar 1913-yilning iyulidan 1914-yilning 9-avgustigaça, Şimoliy Germaniyada joylaşgan Ayxvald (Eiçwald) nomli qişloğida keçadi. Bu yerda Ruhoniy: şifokor va badavlat baron ayollar, bolalar hamda oddiy dehqonlar ustidan mutloq hukmronlik qilardi. Qattiqqöl, ruhoniy ösmir yoşdagi farzandlarini hatto eng kiçik, arzimas gunohlari uçun ham oğir vijdon azobiga soladi va bolalariga gunoh qilmaslikni eslatib turişi uçun farzandlarini doimo oq lenta taqib yurişga majbur qiladi. Katta öğli özining yomon xatti-harakatini tan olganda esa, ruhoniy uni jazolaş uçun har keça öğlining qöllarini yotoqga boğlab qöyadigan böladi. Xuddi şu qişloqdagi beva şifokor taşqaridan qaraganda qişloq bolalariga mehribondek körinadi, biroq u uzoq vaqtdan beri uy bekasiga hamişa yomon muomala qilgan, kamsitgan va özining voyaga yetmagan qiziga nisbatan yaşirinça daxşatli zöravonlik qiladi. Mahalliy yer egasi bölgan baron esa öz yerlarida tinimsiz işlayotgan dehqonlarining könglini oliş uçun har yili anʼanaviy hosil bayramini ötkazib beradi.
Köp ötmay, osoyişta qişloqda heç kim tuşunmagan vahşiyona hodisalar zanjiri boşlanadi. Yöldagi ikki daraxt orasiga kimdir tomonidan ataylab tortilgan sim sababli şifokorning oti muvozanatni yöqotib ağdariladi va uning özi ham oğir jarohat oladi. Mahalliy zavoda çirigan taxtalarning sinib ketişi oqibatida bir beçora dehqon ayol halok böladi, onasining ölimidan qattiq ğazablangan öğli baronning karam dalasini nobud qilib, öç oladi. Xotinining fojiasidan çuqur qayğuga botgan er esa oxir-oqibat özini osib qöyadi. Baronning mitti öğli Sigi hosil bayrami kuni kutilmaganda ğoyib böladi va ertasi kuni ertalab öşa zavodda arqon bilan boğlangan, ayovsiz kaltaklangan holda topiladi, dardi içiga siğmagan baron öğlining yöqolişida enaga Evani ayblab, uni darhol işdan haydaydi. Oradan köp ötmay baron mulkidagi yirik omborxona sirli ravişda yonib ketadi. Ruhoniy öz qizini hammani oldida kamsitib, haqoratlaganidan söng, qiz quş qafasi eşigini oçib yuboradi, biroz vaqt ötgaç, ruhoniy özining ish stoli ustida jonajon tötisini ölik holda topadi. Jinoyatlar şu bilan tugamaydi, uy bekasinining nogiron öğli Karli ham vahşiyona hujumga uçrab, közlari kör bölişiga bir bahya qoladi, uning yotgan joyidan Injil kitobidan olingan qonli jazo oyatlari bitilgan sirli xat topiladi.
Haqiqatni izlaşga kirişgan uy bekasi öqituvçining velosipedini sörab olib, zudlik bilan şahar politsiyasiga murojaat qiladi, çunki jabrlangan öğli unga hujum qilgan şaxsning ismini piçirlab aytgan edi. Biroq, şundan keyin bu uy bekasi va uning öğlini qişloqda heç kim qayta körmaydi. Şu bilan birga, şifokor va uning butun oilasi ham bir tunda uydan izsiz yöqoladi, ularning eşigida esa şifoxona amaliyoti yopilgani haqida qisqa yozuv qoladi. Qişloqdagi bolalarning ğalati xatti-harakatlaridan şubhalari eng yuqori nuqtaga çiqqan yoş öqituvçi ruhoniy uyiga boradi va uning öz farandlari barça hodisalardan töliq xabardor bölganini, ehtimol, bu mudhiş jinoyatlarni özlari sodir etganini taxmin qiladi. Ğazabdan es-huşini yöqotgan ruoniy öqituvçiga baqirib, agar bu gapni yana bir bor takrorlasa, uni tuhmat uçun politsiyaga topşiriş bilan tahdid qiladi. Butun qişloq böylab esa hamma jinoyatlarda aslida qoçib ketgan şifokor va uy bekasi aybdor degan yolğon miş-mişlar tarqaladi.
Film Birinçi jahon uruşi boşlanganidan bir neça kun ötgaç, yakşanba kungi çerkov marosimi sahnasi bilan öz yakuniga yetadi. Öşa kuni Evaning otasi qizini olib ketgani kelişi kerak edi. Ammo qişloqdagi qörquv baribir yöqolmaydi, bölib ötgan dahşatli işlarga heç kim aniq tuşuntiriş berolmaydi. Hikoyani aytib berayotgan öqituvçi esa tez orada uruşga çaqiriladi va qişloqga heç qaçon qaytib kelmaydi.
4Işlab çiqariş
Rejissyor Michael Haneke uşbu loyiha ustida ön yildan ortiq vaqt davomida işlaganini taʼkidlagan.…

Rejissyor Michael Haneke uşbu loyiha ustida ön yildan ortiq vaqt davomida işlaganini taʼkidlagan. Ssenariyning dastlabki variantini u Avstriyaning ORF telekanali uçun mini serial sifatida yozgan edi, biroq beş yil davomida loyihaga mablağ ajratadigan biror hamkor prodyuser topilmagaç, uni töxtatişga majbur bölgan. Keyinçalik loyiha töliq metrajli badiiy film sifatida qayta jonlantirildi va uning işlab çiqariş jarayoniga Avstriyaning „Wega Film“ kompaniyasi boşçilik qildi. Suratga oliş işlarida Germaniyaning „X Filme“, Fransiyaning „Les Films du Losange“ va Italiyaning „Lucky Red“ kinokompaniyalari hamkor prodyuser sifatida iştirok etişdi. Film Avstriya kino instituti, Germaniyadagi mahalliy kino fondlari, Fransiyaning Milliy kinematografiya markazi (CNC) hamda Yevropa Kengaşining „Eurimages“ fondidan moliyaviy kömak oladi. Loyihaning umumiy budjeti taxminan 12 million yevroni taşkil etgan.
Rollar uçun aktyorlarni tanlaş jarayoni olti oy davom etgan bölib, bu davrda 7000 dan ortiq odamlar sinovdan ötkazilgan. Kattalar uçun möljallangan rollariga esa Haneke asosan özi avval birga işlagan aktyorlarni jalb qilgan. Ruhoniy roli dastlab Hanekening bir qança filmlarida suratga tuşgan va 2007-yilda vafot etgan aktyor Ulrich Muhe uçun yozilgan edi, biroq yakunda uşbu rolni rejissyorga şaxsan taniş bölmagan Burghart Klaußner ijro etdi. Ssenariyda çuqur va mazmunli nutqlar (monologlar) köp bölgani sababli, Ssenariy matni murakkab bölgani uçun, aktyorlar tanlovida teatrda katta tajriba orttirgan ijroçilarga eʼtibor qaratildi.
Suratga oliş işlari 2008-yil 9-iyundan 4-sentabrgaça Leipzig, Lyubek, Miçaelisbruç (Dreetz), Netzow (Plattenburg) hamda Dassow (Johannstorf qasri) kabi hududlarda bölib ötgan. Film uçun oq-qora tasvir formatining tanlanişi qisman öşa davr fotosuratlariga öxşatiş, qisman esa tomoşabinni voqealardan biroz uzoqlaştirib, uni xolis kuzatuvçiga aylantiriş maqsad qilingan edi. Şunisi qiziqki, barça sahnalar dastlab rangli formatda tasvirga olinib, keyinçalik montaj jarayonida oq-qora holatga keltirilgan. Operator Christian Berger filmni „Moviecam Compact“ kamerasida „Super 35“ formatida suratga olgan bölib, işni boşlaşdan avval rejissyor Ingmar Bergman va operator Sven Nikvistning oq-qora filmlari uslubini çuqur örgangan. Haneke sahnalardagi muhitni iloji boriça qoronği bölişini istagan. Şu sababli köplab içki sahnalarda faqat moyçiroqlar va şamlardan foydalanilgan. Qoronği sahnalarga qöşimça örnatilgan yoritgiçlar sababli yuzaga kelgan ortiqça soyalar esa suratga olişdan keyingi montaj jarayonida olib taşlangan. Vaholanki, „Eiçwald“ nemis tilida keng tarqalgan joy nomi bölib, töğridan töğri maʼnosi „emanzor“ deganidir.
Filmning jahon premyerasi 2009-yil 21-may kuni 62-Cannes kinofestivalida bölib ötdi. Kinokartina Avstriyada 25-sentabrdan, Germaniyada esa 17-sentabrdan boşlab dastlab çeklangan miqdordagi kinoteatrlarda, 15-oktabrdan esa mamlakat böylab keng miqyosda namoyiş etila boşlandi. AQŞ kinoteatrlarida filmni 30-dekabrdan boşlab „Sony Pictures Classics“ kompaniyasi namoyiş eta boşladi. Suratga oliş jarayonlaridan söng, uşbu asar asli Avstriya yoki Germaniya mahsuloti deb hisoblanişi kerakligi borasida turli bahslar yuzaga keldi. Rejissyor Haneke bu masalaga mutlaqo befarq ekanini bildirib: „Olimpiya öyinlarida medal mamlakatga emas, balki sportçining öziga beriladi“ deya taʼkidlagan. Filmning Germaniya nomidan Oscar mukofotiga taqdim etilişi ham munozaralarga sabab böldi. Xususan, Avstriya kino komissiyasi rahbari Martin Sçweighofer bu qarorga qarşi eʼtiroz bildirdi, çunki uning fikriça, film özining asosiy işlab çiqariş jihatlari böyiça Avstriyaga tegişli edi. Cannes kinofestivalida kartina boş mukofot „Oltin palma novdasi“, Xalqaro kinotanqidçilar federatsiyasi (FIPRESCI) mukofoti hamda maʼnaviy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettirgan filmlarga beriladigan maxsus mukofot eʼtirofiga sazovor böldi. Şuningdek, öşa yilning avgust oyida FIPRESCI yilning eng yaxşi filmi uçun beriladigan Gran-prini ham qölga kiritdi. 2009-yilgi Yevropa kino mukofotlarini topşiriş marosimida kartina „Eng yaxşi film“, „Eng yaxşi rejissyor“ va „Eng yaxşi ssenariy“ nominatsiyalarida ğolib deb topildi. 2010-yil aprelida esa Germaniyaning eng asosiy kino mukofotini topşiriş marosimida (Deutsçer Filmpreis) 10 ta „Lola“ (Lola) mukofotini qölga kiritdi.
5Kadrlar
5
1 · TMDB
2 · TMDB
3 · TMDB
4 · TMDB
5 · TMDB6Franşiza tartibida
30 film
7Öxşaş filmlar
Matn: maqola «The White Ribbon» — Vikipediya, litsenziya CC BY-SA 4.0. Kadrlar va poster: TMDB.



